NIYOZMATOV Ibodulla Abdullayevich

NIYOZMATOV Ibodulla Abdullayevich (1942.17.10, Xiva tumani-2003. 20.9, Urganch) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). 1971-y. dan Xorazm musiqali drama teatrida ishlaydi. Niyozmatov sahnalashtirgan spektakllar chuqur psixologik talqini, dra-matik toʻqnashuvlarning oʻtkirligi, voqealar rivoji va b. bilan diqqatga sazovor. «Abu Rayhon Beruniy» (Uy-gʻun), «Birovning tashvishi» (Oʻ. Hoshimov), «Monserro» (E. Robles), «Ibn Sino» (A. Shalomayev), «Nur-xon» (K. Yashin va T. Jalilov), «Ajdodlar qilichi» (E. Samandarov), «Layli va Majnun» (Xurshid), «Marvarid taqqan ayol», «Feruz» (K. Avaz, O. Ibrohimov) va b. spektakllarni sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x