NITROTSELLYULOZA

NITROTSELLYULOZA, sellyuloza nitrati — sellyuloza (kletchatka) va nitrat kislotalarning murakkab efirlari. Umumiy formulasi [S6N7O2(ON)3 (xONO2)Jn. Zichlashmagan, oq yoki sargʻish tolasimon massa. N. eng toʻngich polimer material, uni ilk bor fransuz kimyogari A. Brakonno 1882-y. da olgan. Zichligi 1,58—1,65 g/sm1, suvda erimaydi. Nitrotsellyulozaning qanday maqsadda qoʻllanishi tarkibidagi azot miqdoriga qarab belgilanadi. Amalda quyidagi turlari qoʻllanadi (qavsda azot miqdori berilgan): kolloksilin (10,7—12,2%), prioksilin №2 (12,2 — 12,5%) va piroksilin №1 (13,0— 13,5%). Kolloksilin selluloid, plastmassa, fototasma, nitrolok, nitroyelim va nit-roemal i. ch. da, piroksilinlar tutunsiz porox, dinamit va b. portlovchi moddalar tayyorlashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x