NITRATLASHUV

NITRATLASHUV (lot. nitrum — azot va facio — bajaraman) , nitrifikatsiya — ammoniy tuzlarining mikrobiologik yoʻl bilan nitratlarga aylanish jarayoni. Nitratlar oʻsimliklarning azot bilan ozikdanishidagi asosiy shakldir. Bu jarayon tuproq va suv havzalarida kechadi. Azotning tabiatda doiraviy aylanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Nitratlashuvda ammoniylashuv jarayonida boshlangan azotli organik birikmalarning minerallashuvi nihoyasiga yetadi. Nitratlashuv nitratlashtiruvchi bakteriyalar taʼsirida roʻy beradi. Nitratlashuv jarayoni 2 bosqichdan iborat. Nitratlashuv jarayoni faqat suvda eruvchan organik moddalarning boʻlishiga bogʻliq. Nitratlashuv jarayoniga aeratsiya, tuproqning kimyoviy tarkibi va reaksiyasi (muhi-ti), harorati katta taʼsir koʻrsatadi. Nitrifikatorlarning rivojlanishi uchun tuprok, reaksiyasi rN 5—8 boʻlgani maʼqul. Tuproq nami moʻtadil (umumiy suv sigʻimining 40—70% i miq-dorida), muhiti yaxshi (neytral yoki kuchsiz ishqoriy), t-rasi 28 — 30° boʻlib, shoʻrlanmagan boʻladi. Nitratlashuv jarayoni shunday tez kechadiki, hatto tuproqdagi minerallashgan azotning asosiy qismi nitrat shaklida qoladi. Bunda nitrat kislota oʻsimlikni faqat azot bilan taʼminlab qolmasdan, balki qi-yin eriydigan mineral tuzlar (kalsiy fosfat)ni oson eriydigan holatga oʻtkazishga va oʻzlashtiruvchanligini oshirishga katta taʼsir qiladi. Lekin nitratlar oʻzining yaxshi eruvchanligi tufayli tuproqning pastki qatlamlariga tushib va yuvilib ketadi. Yetarli aeratsiya boʻlmaganda ular yana denitratlashtiruvchi bakteriyalar yordamida molekulyar azotgacha qaytarilishi mumkin, bu esa tuprok, azotining sezilarli darajada yoʻqolishiga olib keladi (q. Denitrifikatsiya). Jadal Nitratlashuvda azot yoʻqolishini kamaytirish uchun tup-roqqa organik oʻgʻitlar solish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x