NISSA

NISSA — Fransiyaning jan. qismidagi shahar, Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Nissa tarixiy viloyati va Soxilboʻyi Alpi departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 345,9 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Moviy qirgʻoqdagi muhim kurort markazlaridan. Kishi iliq, quyoshli (yanv. ning oʻrtacha t-rasi 7°), yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 22°). Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Aholisining katta qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, parfyumeriya, mebel, elektrotexnika va b. sanoat korxonalari mav-jud. Esdalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi. Shahar chekkasida gulchilik va mevachilik rivojlangan. Nissada un-t, turli muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 17—18-a. larga oid sobor, cherkov, saroylar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x