Nishotiy (XVIII asr)

Oʻzbek adabiyoti tarixidagi talantli shoirlardan biri xorazmlik Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrda yashagan. Uning bizga sheʼriy devoni bilan “Husnu Dil” dostoni yetib kelgan. Yaqinda uning “Qushlar munozarasi” degan asari ham borligi maʼlum boʻldi. Bu asarning bir qoʻlyozma nusxasi Uzbekiston Fanlar akademiyasiningʻ Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida 1198 inventar nomerli bayozda, ikkinchi qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, marhum Porso Shamsiyevning shaxsiy kutubxonasida saqlanib qolgan. Bu ikki qoʻlyozma ham taxminan XIX asrda Xorazmda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozmalarning birida asar nomi forscha “Munozarai murgʻon” deb atalsa, ikkinchisida “Qushlarning bir-biriga bahs qilgʻonlari” deb ataladi. Ikki qoʻlyozma ham mukammal emas. Asar tekstini nashrga tayyorlashda ular bir-birini toʻldirdi. 1198 inventardagi qoʻlyozmada ikkinchi qoʻlyozmadagi muqaddima yoʻq.

Shoir asarida oʻsha davrdagi qator sotsial guruhlarning turli illatlari – xudbinlik, maqtanchoqlik, jaholat va hokazolarni qattiq tanqid qiladi. Bu asar “Husnu Dil” dostonidan oldin yozilgan boʻlsa ajab emas. “Qushlar munozarasi”ning aniqlanishi adabiyotimiz tarixini yanada boyitadi.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/nishotiy-xviii-asr/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x