“Analhaq rishtasi boʻynumdadur…”

MAʼDAN muxammaslaridan

 

* * *

Zamona boʻlsa oxir koʻp alomatlar chiqar dedim,
Chiqib Dajjol ila Yaʼjuj bu olamni yutar dedim,
Ulardin ilgari har shahra bir ofat tegar dedim,
Bu yuz oʻttiz qaroqchi mulki Pangʻozni buzar, dedim,
Amon saqla, xudoyo, bu balodin alhazar dedim.

 

Silar davrinda boʻlmas hech mushkil ishga osonlik,
Eru xotin arosinda boʻlub gʻavgʻo parishonlik,
Na bogʻda bogʻbon qoldi, na dehqonlarda dehqonlik,
Bu yuz oʻttiz balogʻa dafʼ boʻlmas xayru qurbonliq,
Xudo sizlarga bersun manzili nori saqar dedim.

 

Xaloyiq qildilar dehqonchilik, man ham havas qildim,
Ki goʻyo murgʻi jonimni giriftori qafas qildim,
Qaroqchilargʻa uchrab, xirmanim donini xas qildim,
Ki mundin soʻngra shunday ishni qilmoqlikni bas qildim,
Silar har qaysingizni turli ofatdan batar dedim.

 

Xizrgʻa uchrab ayttim: “Ey nadimi hazrati bori!

Na boʻlgʻay bir nazar qilsang boribon xirmanim sori,

Anga yolbordimu qildim tavallo nolayu zori,

Xizr borib nazar soldi samongʻa qoldi don nori,

Quduming tegsa har yer sabz boʻlgʻay pursamar, dednm.

 

Banogoh boʻldi paydo uchta bedodi padarlaʼnat,
Xizr qochdi ulardin qilmadi xirman sari ragʻbat.
Koʻzim ochsam, qani Xizru qani xirman, qani barkat,
Kasofat shumlugʻidin tekgusi har yerga bir ofat,
Bu badxoʻliklaridin har balogʻa yoʻliqar, dedim.

 

Kel, ey Maʼdan, quruq nay boʻlma, hamchun nayshakar boʻlgʻil,
Bular boʻldi xudodin bexabar, sen boxabar boʻlgʻil,
Yamonlardin qochib sen yaxshilargʻa hamsafar boʻlgʻil,
Qarilik vaqtida qaddingni bukma, sheri nar boʻlgʻil,
Yamonlardin fano bergʻil, xudoyo, alhazar dedim.

 

 

* * *

Kima shoʻri junundin ranji nuqson oʻlmasun, yorab,
Man oʻldum gʻam asiry hech inson oʻlmasun, yorab,
Boshi charxi falak goʻyinda chavgon oʻlmasun, yorab,
Quyundek gʻam biyobonida sarson oʻlmasun, yorab,
Gʻariqi bahri hayrat mahzi hijron oʻlmasun, yorab,

 

Bu foniy dahr aro el koʻrmagan mehnatni man koʻrdum,
Na tamkini farogʻat, na halovoti vatan joʻrdum,
Na sayri lolau bogʻu tamoshoyi vatan koʻrdum,
Na gulgashti biyobon, nakhati rangi suman koʻrdum,
Nakim bagʻrida mandek dogʻi hijron oʻlmasun, yorab.

 

Guli bogʻi nishotim soʻla oʻxshar dahr bogʻinda,
Ki qumri gul yaqosin yozadurmish davr oyogʻinda,
Topib, anjoq ziyoe yaʼs kulbam gʻam charogʻinda,
Ketib aqlim manim ovoradur koʻnGlum soʻrogʻinda,
Qayu inson bu yangligʻ zoru hayron oʻlmasun, yorab.

 

Solib mehri falak jonimgʻa yuz mahshar alomoti,
Qayon borsam boshimdin kam emasdur gʻam baliyoti,
Manga har navʼ davron koʻrsatur rangi adovoti,
Tuganmas zarraye bir umr gar qylsam shikoyoti,
Nakim mandek Qatili tigʻi hijron oʻlmasun, yorab.

 

Falak vojun, zamon ahli zabun, shoh iltifoti kam,
Tanim majruh, hijron xanjari dil chokina marham,
Makonim qoʻhi mehnat, hamdamim – ohu, rafiqim – gʻam,
Na maʼkule muqarrar mazrai rizqim uza marqam,
Maishat oz, muncha gʻam farovon oʻlmasun, yorab.

 

Mani atvori zishtim aylagach dun ahligʻa muhtoj,
Shukuhi fitratim mulki tamaʼdin boʻlmadi ixroj,
Kelanda shomi furqat boʻldi ayyomi tarab toroj,

Qani ohi muassir fath uyina yongʻali minhoj,
Ki miftohi ijobat lavhi pinhon oʻlmasun, yorab…

 

Mashaqqat choʻx, farogʻat yoʻx, alam behad, figʻon afzun,
Ichim gʻamliq, yurak dogʻlik, yuzim soriq, koʻzim purxun,
Tunum zulmat, kunum mehnat, boshim charx uzra chun . gardun,
Qilur nafrin bu yangligʻ izzatimga Vomiqu Majnun,
Jafo har qancha mushkil menga oson oʻlmasun, yorab.

 

Kuyib kul boʻldi hijron shamʼidek ejod oʻlub Maʼdan,
Fano boʻlgʻach sovurdi axgarin gʻambod oʻlub Maʼdan,
Halovat jomidin shod oʻlmadi dilshod oʻloʻb Maʼdan,
Qazo jomin ushotti jurʼati Farhod oʻlub Maʼdan,
Bu rasvoligʻda bagʻrim loladek qon oʻlmasun, yorab.

 

 

* * *

Bu gulshan sayridin keldim alimda gulzorim yoʻx,
Gʻamim gʻam togʻidin oshti, gʻamim ayturga yorim yoʻx,
Junun dashtida Majnunam manam, Layli nigorim yoʻx,
Malomat toshi yogʻdurdi boshimga nangu orim yoʻx,
Ajab oshufta ahvolamki juzve ixtiyorim yoʻx.

 

Manga, ey muhtasib, taʼzir etma ehtisobingdin,
Saning bu ehtisobing man ham oʻrtandim kitobingdin,
Soʻrarsan har daqoyiq, ojiz ermasman javobingdin,
Manga arz aylama Mansurdek dori tanobingdin,
Analhaq rishtasi boʻynumdadur, parvoyi dorim yoʻx.

 

Imomi ishqa qildim iqtido tarki sujud aylab,
Zararga koʻngul oldurdim suvoi nafʼi sud aylab,
Mugʻon dayrigʻa yuzlandim, dogʻi qatʼi shuhud aylab,
Mano oʻldum, yoʻx oʻldum, nafyi isboti vujud aylab,
Manga taʼn aylama, ey zohido, zuhdingga korim yoʻx.

 

Xarobot ichra kirdim, rindlar bazmin talosh ettim,
Oʻzim rasvoligʻim bildi^dimu, sirrimni fosh ettim.
Ichib may zarfini, bagʻrim ezib, qonim maosh ettim.
Koʻngul xunobasin koʻzdin t-oʻqub yosh uzra yosh ettim,
Gʻaraz bu infioli zishti atvorimgʻa vorim yoʻx.

 

Tuganmas zarraye har qancha izhori alam qilsam,
Xush ulkim oʻz-oʻza oʻt yoqsamu jismimni kul qilsam,
Samandardek kuyib kul boʻlsamu sayri adam qilsam,
Sazovor ulki Yaʼqubi hazindek xoʻyi gʻam qilsam
Ki, Yusuf talʼatim vaslingga yetmak iftixorim yoʻx.

 

Nasoyihlar maqomin kezdimu koʻnglumni tindurdim,
Na voizlargʻa muxtor oʻldumu ilgimni topshirdim.
Riyoyi shayxlardin bezdimu paymona sindurdim,
Kirib beboklar dinigʻa bayʼatnoma yetkurdum,
Quyundek telbalik dashtida sarsonman, gʻuborim yoʻx.

 

Junun kayfiyatin bexudlygʻimdin imtiyoz ettim,
Haqiqat nashʼasidin chektimu tarki majoz ettim,
Tagʻofil shevasin koʻrguzdi dunyo anga noz ettim,
Na yangligʻ mazhabi butlon ekan deb ehtiroz ettim,
Tavakkal qildimu oʻtga yoqildim, fikri norim yoʻx.

 

Mani mahzunu uryon, bodayi jomi nishot ermish,
Dogʻi har misraim sarmoyai bazmi bisotermish,
Aning tahrir etargʻa kilki maʼni ixtilot ermish,
Soʻzum har nuqtasinda lazzati qandu nabot ermish,
Ki beidroklar fahmida, Maʼdan, eʼtiborim yoʻx.

 

 

NAVOIY GʻAZALIGA MUXAMMAS

 

Bukulgʻan qomatim hijrin elinda notavon ermish,
Dagʻi oshufta koʻnglum anjuman tigʻigʻa qon ermish,
Bu gʻayratdin yurogim chok, rangim zaʼfaron ermish,
Menga nomehribon yor, oʻzgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib agʻyorgʻa oromi jon ermish.

 

Havodis toshidin sindi falak jomi-ayogʻimni,
Qazo ovora qildi andalibi naxli bogʻimni,
Ulus xalqi topolmas yoʻqlugʻum istab soʻrogʻimni,
Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dogʻimni,
Qi ul har bir qarorgʻon dogʻi hijrondin nishon ermish,

 

Kezib gʻam vodisin chekdim jafoyu jabru emgaklar,
Judoligʻ oʻtigʻa yondim, kuyib kul boʻldi soʻngaklar,
Tegib furqat oʻqi soʻrox-soʻrox boʻldi koʻkraklar,
Buzulgʻon koʻnglum atrofidagi zaxm ichra novaklar
Baliyat qushlariga zaxmlardan oshyon ermish.

 

Koʻzim yoshi-oqar tinmay damodam oʻlmayin taskin,
Nihoyatsiz, adadsiz, haddin ermish loalol taʼyin,
Msnga sabr ayla, deb saʼy etma, ey shoʻxi jafooyin,
Raqibing sindurur koʻnglumni men yigʻlab anga lekin,
Suv keltirmoq hamonu koʻza sindirmoq hamon ermish.

 

Oʻqub tumori ohim el ani afsun sogʻinmishlar,
Maosirlar nishotimdin gʻamim afzun sogʻinmishlar,
Kalomim Vomiqu Farhoda bir mazmun sogʻinmishlar,
Mening ovora koʻnglum dogʻini Majnun sogʻinmishlar,
Junun dashtida yurgan man kibi bexonumon ermish.

 

Suxan tugʻrosin ermish osmon lavxigʻa sabt etgan,
Tabiat fayzidur kavnu makon lavhigʻa sabt etgan,
Erur, Maʼdan, xayolim imtihon lavhigʻa sabt etgan,
Navoiy nazmini koʻrdum, jahon lavhigʻa sabt etgan,
Buyurgan oni oliyqadr shohi xurdadon ermish.

https://saviya.uz/ijod/nazm/analhaq-rishtasi-boynumdadur/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x