— Niqob to’g’ri tanlanishi, ya’ni yuz terisiga mos kelishi lozim;
— Niqob tarkibidagi mahsulotga allergiya bo’lmasligi kerak;
— Uy sharoitida tayyorlangan niqob faqat 1 martalik bo’lishi kerak;
— Аksariyat niqoblar quyosh nuri ta’siri kamaygan vaqtda, kechki payt qo’yilishi kerak;
— Niqob qo’yishdan oldin yuz terisini tozalash, ya’ni kun davomida yig’ilgan yog’ va changlardan, eski krem, makiyajlardan xalos etish kerak;
— Niqoblarning takrorlanish vaqtiga e’tibor qilish lozim. Ba’zilarini har kuni qo’yish mumkin, ba’zilarini esa haftada bir marta.
Qanday hollarda niqoblar foyda bermaydi?
— Turmush tarzingizda osoyishtalik, xotirjamlik bo’lgan vaqtdagina niqoblardan foydalaning. Аsab buzilganda qo’yilgan niqob foyda bermaydi.
— Muntazamlikka ham e’tibor qiling. Har bir niqobning o’z davriyligi bor. 1 marta qo’yib, keyin boshqa niqobga o’tish yoki buni 2-3 haftaga unutib yuborish ham noto’g’ri.
Yana bir narsani aytib o’tishimiz kerak. Yuz parvarishida faqatgina niqoblar
loading…