DO`STLARGA ULASHING:
💊Niperten tabletka — qon bosimi oshganda va yurak yetishmovchiligida qabul qilinadi.
💊2,5 mg , 5 mg va 10 mg dozada chiqadi.
💊Analogi — bisoprolol , bisoprol, bidop, bisokard, biprolol va konkor tabletkalari.
#Niperten tabletka
#Нипертен таблетка
💊Dori shakli : 👇
Tabletka — 2,5 mg , 5 mg va 10 mg dozalarda chiqadi.
💊Tarkibi 👇
Bisoprolol fumarat moddasi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Qon bosimini tushiruvchi vosita. Betta blokator.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Yurak ishemik kasalliklarida
— Qon bosimi baland bo’lganda ,ya’ni arterial gipertoniyada qabul qilinadi
— Stenokardiyada qabul qilinadi
— Yurak yetishmovchiligini davolash uchun qabul qilinadi.
— Yurak tez urganda , yurak qisqarishlari tez tezligini kamaytiradi va qonni tana bo’ylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi.
— Kislorodga bo’lgan ehtiyojni kamaytiradi.
💊QO’LLASH DOZASI 👇
Preparatni ertalab , ovqat bilan birga qabul qilsa bo’ladi.
Preparat sutkasiga 10 mg lik dozadagisi 1 tabletka qabul qilinadi.
5 mg lik dozasini esa sutkasiga 1 tabletka qabul qilinadi , agar ta’sir qilmasa 2 tabletka qabul qilsa bo’ladi.
🔰ESLATMA : 👇
SHifokor bilan maslahat qilib keyin preparatni qo’llang.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Uyquni buzilishi
— Depressiya holatlari
— Bosh aylanishi va bosh og’rig’i kuzatiladi
— Yurak kasalligi bor bemorlarda bradikardiya kuzatiladi , ya’ni yurak qisqarishlar soni kamayib ketishi.
— Qo’l oyoqlar sovqotishi kuzatiladi.
— Bronxospazm kuzatiladi. Bronxial astma si borlarda kasallik biroz kuchayadi.
— Ko’ngil aynish, qusish
—Holsizlik kuzatiladi.
— Qon bosimi tushib ketishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— O’tkir yurak kasalliklarida va yurak yetishmovchiligida
— Kardiogen shokda
— Bradikardiyada ( yurak urish soni kam bo’lganlarda)
— Qon bosimi past yuradiganlarda va qon bosimi pasaygan vaqtda mumkin emas.
— Bronxial astmaning o’tkir shaklida
— Metabolik atsidozda qo’llash mumkin emas
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
💉Qo’llash — albatta shifokor maslahati bilan.
💉Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya.