NIOBIY RUDALARI

NIOBIY RUDALARI — tarkibidagi niobiy birikmalari va konsentratsiyasi miqdori sanoatda foydalanish uchun texnik imkoniyat yetarli va iqti-sodiy jixatdan samarali boʻlgan tabi-iy mineral hosilalar. Niobiy rudalari tarkibida muayyan miqdorda tantal boʻladi. Nio-biyning asosiy ruda minerallari: piroxlor, kolumbit, fergusonit, evksenit, loparit. Rudaning genetik ti-piga qarab, shuningdek, tarkibida ftor, sirkoniy, kamyober elementlari, uran, toriy, litiy va b. minerallar mavjud. Niobiy rudalari konlari paydo boʻlishiga qarab ishqoriy va subishqoriy jinslar bilan bogʻliq endogen va karbonatitlar hamda kolumbitli granitlardagi chiziqli va maydonli nurash poʻstiga mansub, shuningdek allyuvial, delyuvialallyuvial, koʻl va flyuvial-glyatsial sochmali ekzogen konlarga boʻlinadi. Dunyo boʻyicha jami niobiy zaxiralarining 2/3 qismi piroxlorli karbonatit konlariga toʻgʻri keladi. Bulardan eig yiriklari Braziliya, Kanada va b. mamlakatlarda. Barcha konlardan ruda ochiq usulda kazib olinadi. Niobiy rudalari tarkibida Nb2O, miqsori oʻrtacha 0,2—0,6%; boy konlarda 1% va eng kup miqdori 4% ga yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x