Har bir inson xastalikka chalinsa, davolanish uchun “sehrli tabletka“ yordami yoki fantastik meditsina texnologiyasiga ishonadi. Biroq kasallikka chalinishdan avval dorilardanda ajoyib xususiyatlarga ega oddiy va foydali vositalardan foydalanishni yoddan chiqaradi yoki istamaydi.
Iliq suvga limon solib ichish kundalik detoksikatsiya mexanizmini tetiklashtiradi. Limon sharbati toksinlar bilan kurashishga yordam beradi, suv esa bu toksinlarni siydik tizimi orqali yuvib chiqaradi. Bundan tashqari, limonli suv moddalar almashinuvi yaxshilanishi, immun tizimi mustahkamlanishi va kislota-ishqor muvozanati normallashishi uchun yordam beradi.
Bu ichimlik oshqozon tizimini “uyg’otib“, taomlar yeyishga tayyorlaydi. Bor yo’g’i bir stakan limonli iliq suv kun davomida oziq moddalarining so’rilishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Limon kislotasi me’da shirasining sekretsiyasini oshiradi, shuningdek, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Vazn yo’qolishiga ham sabab bo’ladi. Limon sharbatida pektin moddasi bo’lib, u to’qlik hissini oshirishga va ishtahaning yo’qolishiga olib keladi. Ta’sirni kuchaytirish uchun bir necha limon bo’laklarini oling va po’sti bilan birga stakanda bo’tqa holiga kelguncha ezing.
Bu bo’kish va oshqozon faoliyatining buzilishi alomatlarini bartaraf qiladi.
Agarda siz kechki payt me’yoridan ortiq ovqatlanib yuborsangiz, tongda oshqozonda og’irlik hissi, jig’ildon qaynashi va boshqa noxushliklarni his qilgan holda uyg’onasiz. Bir stakan limonli iliq suv sizni bu ko’ngilsizliklardan xalos etishi mumkin. Po’stlog’ida sitrusli flavonoidlar mavjud bo’lgani uchun meva ko’plab fermentlar faolligini o’zgartirishga qodir va antibakterial ta’sirga ega, deb yozadi “Kun”.
Darvoqe, inson organizmida bu moddalar sintez qilinmaydi, ular faqat oziq-ovqat bilan birga tushadi.
Eslatma: limonli suv sitrus mevalarga allergiyasi bo’lmagan insonlarga tavsiya qilinadi. Shuning uchun shifokor bilan ham maslahatlashishni yoddan chiqarmaslik kerak.
loading…