Yuzdagi qora nuqtachalardan 5 daqiqada xalos bo‘lish

Har birimiz yuzimizdagi muammolardan tezroq xalos bo‘lishni istaymiz. Shunday muammolardan biri bu yuzimizdagi qora nuqtachalardir. Ular terimiz quruq yoki yog‘li ekanligi va yoshimizdan qat’i nazar barchamizda paydo bo‘lishi mumkin. Ularning yuzaga kelishiga yog‘ bezlari yo‘llarining bekilib qolishi sabab bo‘ladi. Odatda ular yuzning eng muammoli qismlarida – peshona, iyak va burun sohalarida paydo bo‘ladi.

Quyida yuzdagi qora nuqtalardan uy sharoitida xalos bo‘lishning bir nechta usulini keltirib o‘tamiz.

1-Usul

Yarimta limonga 3-4 tomchi asal tomizib, uni yuzingizga suring, ayniqsa muammoli qismlariga. 5 daqiqadan keyin yuzingizni sovuq suvda yuving. Natijasini darrov payqashingiz mumkin. Quruq yuz uchun uning tarkibiga ozgina krem qo‘shish mumkin.

limonli

2-Usul

Yana bir samarali natija beruvchi usullardan biri bu mayda tuz va sodaning aralashmasidir. Yuz yuvish uchun foydalaniladigan geldan ko‘pikli massa hosil qiling hamda uni bir osh qoshiq iste’mol sodasi va shuncha miqdordagi mayda tuz bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani nam yuzga pardozni tozalashda ishlatiluvchi paxta bo‘lagi bilan suring va 5 daqiqaga qoldiring. Keyin niqobni iliq suv bilan yuvib, namlantiruvchi krem suring. Biroq yuzingizda yallig‘lanish yoki husnbuzarlar bo‘lsa, bu niqobdan foydalanmaganingiz ma’qul.

3-Usul

Yana bir niqob uchun bizga oddiy qatiq kerak bo‘ladi. Biroz ilitilgan qatiqni yuzga surib qo‘yib, 5 daqiqa shunday qoldiramiz. Qatiq tarkibidagi kislotalar teri yog‘larini eritib, undagi teshikchalarni chuqur tozalaydi.

4-Usul

Keyingi niqob uchun suv, glitserin va limon sharbati kerak bo‘ladi. Glitserin va yangi siqib olingan limon sharbatini teng miqdorda aralashtirib, bir osh qoshiq toza suv qo‘shamiz. Tayyor bo‘lgan niqobni yuzimizga suramiz.

5-Usul


Bu niqobimizda esa biz tuxumdan foydalanamiz. Bitta tuxum oqini bir osh qoshiq shakar bilan yaxshilab aralashtiramiz. Shakar to‘liq erib ketgandan keyin hosil bo‘lgan aralashmaning yarmini yuzimizga surib, uni to‘liq qurishini kutamiz. Keyin niqobning qolgan yarmini suramiz. Barmoqlarimiz bilan xuddi niqobni terimizga kiritishga uringandek harakat qilamiz. Bu harakat niqob qo‘lga yopishmay qolguncha davom ettiriladi. Shunda paydo bo‘lgan yelimsimon massa teri teshikchalaridagi barcha kirlarni chiqarib yuboradi. Niqobni haftasiga 1—2 marta surish mumkin. Niqobdan keyin terini namlantiruvchi kremdan foydalanishni unutmang.

Qora nuqtachalar yana paydo bo‘lishining oldini olish uchun uyqudan oldin yuz terisini tozalashni odat qiling. Pardozni maxsus tozalash vositalari yordamida artib oling. Yuz terisini ertalabki tozalash ham muhim hisoblanadi. Kechasi bilan yuz bergan moddalar almashinuvi natijasida yuzda ortiqcha yog‘ hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuzni tongda suv va tozalovchi losyon bilan yuvish tavsiya etiladi.

Yuz terisini muntazam ravishda parvarish qilib turish uning bir tekis, silliq, mayin va chiroyli bo‘lishiga olib keladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x