Nima uchun oyoq tovoni yoriladi?

❓Nima uchun oyoq tovoni yoriladi?

🔹Buning asosiy sababi quruq teridir. Oyoqlarida yog‘ bezlari yo‘q, faqat ter bezlari mavjud. Shuning uchun oyoqlarimiz qo‘shimcha namlikka muhtoj. Agar namlik yetarli bo‘lmasa, teri quriydi. Yurayotganda stress tufayli teri yorilib, yoriqlar paydo bo‘ladi.

📌Tovonda yoriqlar paydo bo‘lishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

💧tana suvsizlanishi;
🚿juda issiq suv bilan tez-tez yuvinish. Qaynoq suv terining yupqa himoya plyonkasini yuvadi, bu esa terini quritib po‘stloq hosil qiladi;
🧼terini quritadigan sovun ishlatish;
🔸oyoqlarni krem yoki maxsus yog‘lar bilan namlantirmaslik;
👞noqulay poyabzal kiyish;
❄️ sovuq iqlim sharoitida yashasangiz, quruq qish havosi va sovuq harorat teriga yomon ta’sir qiladi.

📌Shuningdek, quyidagi kasalliklar ham tovon yorilishi sababchisi bo‘ladi:

🔺Diabet. Qonda shakar miqdori ko‘pligi ter bezlari faoliyati va terining suv muvozanatini buzishi mumkin;
🔺Semizlik oyoqlarga yuk bo‘ladi;
🔺Avitaminoz. Epidermis hujayralarining tiklanishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar yetarli emas;
🔺Zamburug‘ infeksiyasi. Zamburug‘ terini quruqlashtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x