Nilufar Usmonova — Qor

Osmonim bag`ridan yog`ayotgan qor,
Baxillik, balchiqqa qorishmagin-a.
Hasadning qo`lida qattiq tosh bo`lib,
Havas-la talashib, tortishmagin-a. (x2)

Osmonim bag`ridan yog`ayotgan qor,
Yerga tushmay turib erib ketgin-ey.
Nokas oyoqlarda bo`lmagin sen xor,
O`zingdek pok qalbga singib ketgin-ey. (x2)

Osmonim bag`ridan yog`ayotgan qor,
Kumushdek sozginam, oppoq qishginam.
Tabiatga orom, bahorga orzu,
Otashin yozimda shirin tushginam. (x2)

Osmonim bag`ridan yog`ayotgan qor,
Yerga tushmay turib erib ketgin-ey.
Nokas oyoqlarda bo`lmagin sen xor,
O`zingdek pok qalbga singib ketgin-ey. (x2)

Osmonim bag`ridan yog`ayotgan qor,
Bo`ron, chaqmoqlarga turtilmagin-a.
Kuzning xazonidan bo`lmayin bezor,
Sen mendan yiroqlab kutdirmagin-a.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x