Nilufar Usmonova — Odamlar

Odamlar, sizga ne bo`ldi?
Yig`lasam, lek ular kuldi.
Ichimdan mehr ham o`ldi,
Odamlar, odamlar.

Do`stlarim sevgimdan ayirdi,
Qush edim, qanotim qayirdi.
Rost gapim tuhmatga buyurdi,
Odamlar, odamlar.

Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o`zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog`indim, ko`ngli pok, mehribon odamlar. (x2)

Yonimda “sen yaxshi” deysiz,
Ortimdan “u yomon” deysiz.
Yo`qlasam, “tanimadim” deysiz,
Odamlar, odamlar.

Omading kelsa, sen zo`rsan,
Gar sinsang, bilgin, hech kimsan.
Hammasi – bu sinov, bilsang,
Odamlar, odamlar.

Vijdon qani, oqibat qani?
Shunchalik o`zgarganmi biz, ayting odamlar?
Yoshligim mani qaytsaydi qani,
Sog`indim, ko`ngli pok, mehribon odamlar. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x