NIKSON

NIKSON (Nixon) Richard Milxauz (1913.9.1, Yorba-Linda, Kaliforniya shtati – 1994.22.4) – AQSHning 37-prezidenti (1969—74). Respublikachilar partiyasidan. 1953—61 y. larda vitseprezident. 1973-y. N. hukumati Vyetnamda harbiy harakatlarni toʻxtatish va tinchlik oʻrnatish haqidagi shartnomani imzolashga majbur boʻlgan. 1972-y. dan oliy darajadagi Sovet—Amerika uchrashuvlarida qatnashgan. «Uotergeyt ishi» degan gʻayriqonuniy harakatlarda ishtiroki uchun ayblanish xavfi borligi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x