NIKOH

NIKOH — ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh ogmaning vujudga kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga so-linadi. Ijtimoiy munosabat sifatida Nikoh turli jamiyat va tuzumlarda tur-licha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, Nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi. Bir qator mamlakatlarda Nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fu-qaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada Nikoh yoshi ayollar uchun 15, er-kaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, GFRda esa 16 va 21, AQSHda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak erxotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahami-yatga ega. Buninguchun Nikoh shartnomalari tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitu-siyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng xukukligiga asoslanadi. Nikoh masalalari OʻzRning Oila kodeksida (1998 qabul qilinib, oʻsha yili 1 sent. dan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday Nikoh gina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan Nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta Nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan Nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tu-zishning ixtiyoriyligi va Nikoh yoshi Nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiklanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alo-hida hollarda nikoxlanuvchilarning iltimosiga koʻra, Nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar qokimi Nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa Nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, naslnasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layo-qatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida N. tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikoxla-nuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtka-zish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saklash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan N. ni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.

Nikoh er-xotindan birining oʻlimi yoki oʻlgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugatiladi. Er-xotin hayotligida N. ni-koxdan ajralish yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x