NIJNIY NOVGOROD VILOYATI

NIJNIY NOVGOROD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1929-y. 14 yanv. da tashkil etilgan (1932-y. gacha Nijniy Novgorod oʻlkasi, 1936-y. gacha Gorkiy oʻlkasi, 1990-y. gacha Gorkiy viloyati). Rossiya Yevropa qismining markazida, Volganing har ikkala so-hilida joylashgan. Volga-Vyatka iqti-sodiy r-niga kiradi. Mayd. 76,9 ming km2. Aholisi 3657,0 ming kishi (2000). Shahar aholisi 78,2%. 1 km2 ga 48,1 kishi toʻgʻri keladi. Viloyat aholisining aksari qismi ruslar (94,7%), shuningdek, tatar (1,6%) mordva (1,0%), ukrain (0,9%), chuvash (0,3%) va b. yashaydi. 48 maʼmuriy tuman, 26 shahar, 71 shaharcha bor. Markazi — Nijniy Novgorod. N. N. v. Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida joylashgan. Asosan, oʻrmonli oʻr-qir dashtdan iborat. Volga daryosi viloyat hududini oʻrmonli Chap sohil (Zavoljye) payettekisligi va Oʻng sohil balandligiga boʻladi. Relyefning karst shakllari rivojlangan. Qurilish materiallari, torf, fosforitlar, temir rudalari konlari bor.

Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —12°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin miqsori 500 mm. Vegetatsiya davri 165—175 kun. Asosiy daryolari: Volga va uning irmoklari. Gorkiy suv havzasi, koʻllar (asosan, Zavoljyeda) bor. Nijniy Novgorod Viloyati jan. tayga, aralash va keng bargli oʻrmonlar mintaqasida joylashgan. Tuproklari asosan, chimli podzol va podzollashgan tuproqlar. Viloyat hududining 40% ga yaqin maydoni oʻrmon. Yassi suvayirgʻich va pastqamliklarda botqoklik koʻp. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qoʻngʻir ayiq, silovsin, boʻrsiq, chipor yumron-qoziq, olaxurjun va b. bor. Los qoʻriqlanadi. Viloyat xududida Kerjen qoʻriqxonasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (avtomobillar, dare va dengiz kemalari, samolyotlar, avtomobil va kema dvigatellari, stanoklar, pribor va asboblar, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, televizorlar ishlab chiqariladi), kimyo va neft kimyosi (organik sintez mahsulotlari, plastmassa va sintetik smolalar, organik shisha, boʻyoq, lok, zaharli kimyo-viy preparat va b.), oʻrmon va sellyuloza qogʻoz, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari ishlab turibdi. Badiiy hunarmandchilik buyumlari ham ishlab chiqariladi. K-xning yetakchi tar-mogʻi — chorvachilik. Koramol (sutgoʻshtli zotlari), bugʻu, parranda, choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, sabzavot (shu jumladan, piyoz), javdar, arpa, suli, grechixa, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. T. y. bor. Volga, Oka, Vetluga va Sura daryolarida kema katnaydi. Asosiy dare porti — Nijniy Novgorod. 10 oliy oʻquv yurti, 5 teatr, 9 muzey mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x