JANUBIY AVSTRALIYA

JANUBIY AVSTRALIYAAvstraliya Ittifoqidagi shtat. Hind okeanining Katta Avstraliya qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 984 ming km2. Aholisi 1,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Adelaida sh.

Shtat hududining relyefi asosan, tekislik, togʻ massivlari ham uchraydi (Styuart, Masgreyv va b.). Quruq oʻzanlar va koʻllar (Eyr, Gerdner, Torrens) bor. Eng katta daryosi — Murrey. Shtat xududining choʻl va chala choʻldan iborat shim. va shim.-gʻarbida yiliga 100—200 mm yogʻin tushadi. Janubiy avstraliya jan.-sharqida iqlim moʻtadil, 500—1000 mm yogʻin yogʻadi, tuprogʻi unumdor. Yillik oʻrtacha t-ra 20°, yanv. niki — 30°.

Shtat ekin maydonining qariyb 25% iga bugʻdoy ekiladi. Bogʻ koʻp. Mevachilik va tokchilik rivojlangan. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — yaylov chorvachiligi (qoʻy, qoramol, ot, choʻchqa boqiladi).

Konchilik (mis va temir rudalari, toshkoʻmir, tabiiy gaz olinadi) rivojlangan. Sanoatda qora va rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Kemasozlik, mashinasozlik (q. x. mashinalari, avtomobilsozlik, raketasozlik), neft kimyosi sanoati korxonalari bor. Shtatning jan. qismida q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari joylashgan. Vino ishlab chiqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Yirik sanoat markazlari: Adelaida va Port-Agasta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x