NEVROLOGIYA

NEVROLOGIYA (nevr… va…logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funksiyalari, uning filogeneza va ontogenez» qonuniyatlari toʻgʻrisidagi tibbiy-biologik fan. N. ning boʻlimlari — nerv sistemasining anatomiyayep, gistologiyasch, embriologiyash, neyrofiziologiyasi, patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiyena va b. Qad. dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar maʼlumotlarga ega boʻlgan. 16-a. da A. Vezaliy nerv sistemasini oʻrganishda morfofunksional yoʻnalishni boshlab berdi. 19-a. da nerv sistemasini mikroskopik oʻrganishga asos solinadi, bu esa neyronnch taʼriflashga imkon berdi. Gistologiya, tasviriy anatomiya bilan birga neyrofiziologiya ham rivojlanib bordi; hayvonlar miyasining ayrim qismlarini ajratib olib oʻrganishga kirishildi. Bosh va orqa miyada harakat va sezgi funksiyalarini belgilovchi maxsus markazlar borligi aniklandi. 19-a. ning 2-yarmida bosh miya vaskulyari-zatsiyasi, nerv sistemasining filoge-nezi va ontogenezini oʻrganishda bir-muncha muvaffaqiyatlarga erishildi. 19—20-a. larda I. M. Sechenov, N. Ye. Vvedenskiy, Ch. Sherrintonlar oʻtkazgan fiziologik tadqiqotlar chet elda Nevrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi taʼlimoti, miyaning tuzilishi va funksiyasining shaklla-nishida evolyutsion-genetik qonuniyatning ochilishi va b. 20-a. da Nevrologiyaning muhim yutuklaridan boʻldi.

Miyachaning adaptatsion-trofik funksiyasi haqidagi konsepsiyaning takomillashtirilishi, simpatik nerv sistemasining muskul qisqarishiga taʼsir etishini tajribada aniklanishi, interoretsepsiya masalalarining, bosh miya poʻstlogʻi bilan ichki aʼzolar oʻzaro munosabatining oʻrganilishi va b. N. ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Nevrologiya muammolari Oʻzbekistondagi tibbiyot in-tlarining nevrologiya kafed-ralarida oʻrganiladi.

Ad.: Majidov N. M., Nevrologicheskiye vozzreniya Abu Ali ibn Sinы, T., 1980; Majidov Nevrologiya,Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya: 1—4 t., T., 1995—98.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x