NERV KASALLIKLARI

NERV KASALLIKLARI, asab kasalliklari — nerv sistemam kasalliklari. Markaziy va periferik nerv sistemasining biror sababga koʻra umuman yoki qisman shikastlanishi natijasida kelib chikadi. Nerv kasalliklari organik va funksional boʻladi. Organik Nerv kasalliklari zaminida markaziy va periferik nerv sistemasining anatomik struktur oʻzgarishlari yotadi. Bunga infeksion ka-salliklar, intoksikatsiya, shikastla-nishlar, oʻsmalar, tomir kasalliklari va b. sabab boʻladi. Bosh yoki orka miyaning turli qismlari zararlanishi bilan kechadigan organik Nerv kasalliklarida periferik nerv sistemasida falaj, tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan chiqishi, sezuvchanlik, ogʻriq va b. sezgilarning buzilishi kuzatiladi. Funksional Nerv kasalliklarida nerv sistemasida aytarli anatomik oʻzgarishlar boʻlmaydi, bunga nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari (miopatiya, miotoniya va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Nerv kasalliklarini nevrologiya va nevropatologiya fani oʻrganadi. Nerv kasalliklaridan nevrozlar, insult, ensefalit, meningit, poliomiyelit, nevrit, radikulit, epilepsiya va b. uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x