NEPTUNIZM (lot. Neptunus — rim mifologiyasidagi dengiz va suv xudosi Neptun nomidan) — geol. fanida 18-a. oxiri va 19-a. boshida keng oʻrin olgan konsepsiya. Bunga koʻra, barcha togʻ jinslari (jumladan, otqindi jinslar ham) Yer yuzini butunlay qoplagan dastlabki Dunyo okeani suvida va butun olam toʻfoni suvida choʻkishi natijasida paydo boʻlgan degan tasavvur hukmron edi. Neptunizm asoschisi — nemis olimi A. G. Verner. Bu konsepsiya geologiya Fan sifatida shakllanayotgan, lekin toʻfon (olamni suv bosishi) haqidagi rivoyat taʼsiridagi vaqtda vujudga kelgan. Neptunizmning eng tanilgan tarafdorlari (Germaniyada — A. G. Verner, Fransiyada — A. Delyuk, Bukj Britaniyada — R. Kirvan) plutonistlarning intruziv togʻ jinslari magmaning sovib krtishidan paydo boʻladi, degan toʻgʻri fikrlarini inkor etdilar. Ular togʻ jinslarining bir joyda qatlamlanib yotish tarkibini barcha materiklarga ham xos deb tushuntirishdi. Togʻ jinslarini 2 guruhga boʻlishdi: «dastlab vujudga kelgan» Dunyo okeani suvida kimyoviy kri-stallanish yoʻli bilan vujudga kelgan jinslar (granit, gneyslar, kristalli slaneslar va b. otqindi va meta-morfik jinslar) va ular ustida yotuvchi «flesli» yoki qatlamli jinslar (ohaktosh, toshkoʻmir, gips, tosh tuzi va b.). Bu jinslar neptunistlar tomonidan toʻfon davridagi «mexanik» yotqiziqlar deb qaraldi. Tektonik xarakatlar tan olinmadi. Vulkan jinslari Yer poʻstila oz tarqalgan va ular Yer poʻstida koʻmirning yonishidan hosil boʻladi deb karaldi. 19-a. ning 20-y. laridan otqindi jinslarning magmadan vulkan otilishi yoʻli bilan kelib chiqishi toʻgʻrisidagi taʼlimotni koʻpchilik eʼtirof etgandan keyin Neptunizm oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые