NEOIMPRESSIONIZM

NEOIMPRESSIONIZM (neo… va impressionizm) — 19-a. 2-yarmida Yevropa tasviriy sanʼati (rangtasvir) da yuzaga kelgan oqim. Dastlab Fransiya (1885)da paydo bulgan. 19-a. oxiri —20a. boshlarida Belgiya, Italiya va b. mamlakatlarga tarqalgan. Neoimpressionizm namoyandalari (J. Sera, P. Sinyak va b.) impressionizmnnng subyektiv anʼanalarini rivojlantirdilar, optika sohasidagi zamonaviy kashfiyotlarni qoʻllagan holda uni ilmiy asoslashga urindilar: murakkab rang tuslanishlarini bos-qichmabosqich sof ranglarga ajratish usullari (boʻyoqlarni toʻrtburchak yoki dumaloq nuqtalar shaklidagi rang surt-malari tarzida yuzaga — xolstga yonma-yon joylashtirish)ga uslubiy xususiyatlar baxsh etib, yangi murakkab rang tuslanishlarini hosil qilishga hara-kat qildilar. Neoimpressionizm asarlari mozaikani eslatadi, badiiy obrazni hayotiy vo-qealarga qarama-qarshi qoʻyib, hayotiy lavhalarning jonli tasviridan voz kechdilar, natijada asarlar hayotiy aniklik va nafislikdan mahrum boʻldi. Neoimpressionizmning rang borasidagi izlanishlari keyingi davr sanʼati (jumladan, fo-vmzlg)ning shakllanishida oʻz ifodasini topdi. Neoimpressionizm uslubini rangtasvirning hajmli — fazoviy yechimi bilan uygʻunlashtirishga urinishlarni Belgiya (T. van Reyselberge) va Italiya (J. Segan-tini) rangtasvirida koʻrish mumkin. 19-a. oxirida Sharq mamlakatlariga ham bu oqim belgilari kirib kelgan. Oʻzbekistonda Oʻ. Tansiqboyevning ilk ijodida («Karvon», 1920), A. Mirsoatov asarlarida bu xususiyatlar koʻzga tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x