NEMATODIROZLAR

NEMATODIROZLAR — kavsh kaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasalliklar. Hayvonlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Nematodirus avlodiga mansub nematodalar qoʻzgʻatadi. Asosan, yosh mollar (qoʻzilar) kasallanadi. Kasallik, asosan, yaylovlarda alimentar yoʻl bilan yuqadi. Nematodirozlar qurgʻoq, keskin oʻzgaruvchan iqlimli, tuproqda mis va kobalt yetishmaydigan, lekin bor va molibden ortiqcha boʻlgan xrllarda muayyan hududlarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 21—26 kun davomida jinsiy yetiladi, 5 oygacha parazitlik qiladi va tashqi muhitga koʻplab miqdorda tuxum chiqarib turadi. Kasal hayvonlar holsizlanadi, oriqlab, ichi ketadi, koʻp suv ichadi, nafas olishi tezlashadi.

Davolash: nilverm, naftamon, panakur, farantel beriladi.

Oldini olish: hayvonlarni madaniy oʻtloqlarda boqish, mineral qoʻshimchalar qoʻshilgan toʻyimli ozuqalar berish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x