NELSON GʻOʻZASI

NELSON GʻOʻZASI (Gossypiutn nelsonii Frux.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Birinchi marta 1974-y. da amerikalik olim P. Friksel taʼriflab bergan. Avstraliyaning shim.-gʻarbiy qismida, tog massivining shim. tomonidagi qoyalar bagʻrida tarqalgan. Nelson gʻoʻzasi boʻyi 2 m gacha yetadigan, qalin tuklar bilan qoplangan tik oʻsuvchi buta. Barglari dumaloq tuxumsimon shaklda, uchi toʻmtoq, baʼzan barg boʻlaklari zoʻrgʻa seziladi. Barg shira bezlari yirik, qizil. Gullari oʻrtacha kattalikda, barg qoʻltigʻida yoki hosil shoxlarida toʻpgul koʻri-nishida boʻladi. Gulbarglari pushti, asosida aniq koʻrinadigan toʻq qizil dogʻlar bor. Ochilmaydigan mayda gullari ham uchraydi. Gulyonbargchalari juda mayda, qilichsimon shaklda, tukli, toʻkilib ketmaydi. Koʻsaklari 3—5 chanoqli, tuxumsimon, uchi tekis, sirti qora smolali juda koʻp bezchalar bilan qoplangan. Chigitlari konussimon, ustida 5 mm cha tuklari bor. Bu tur gʻoʻza tezpisharligi va hosildorligi bilan ajralib turadi. Biologik xususiyatlari yetarli oʻrganilmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x