NEKROPOL

NEKROPOL (yun. nekros — ulik, polls — shahar) — qad. kabriston. Bu atama antik va ilk oʻrta asrlar davridagi qabristonlarga taalluqli. Nekropollar shak-li, tuzilishi, koʻmish odati, ijtimoiy-etnik buyumlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Nekropollar toshdan va tuproqdan koʻtarmali yoki koʻtarmasiz qilib qurilgan. Ular yer osti va yer usti maqbaralarga ajraladi. Nekropollar katakomba, oʻra shaklida boʻlib, tosh, yogʻoch yoki gʻisht bilan oʻralgan. Sagʻana, mugʻxona, ehrom va maqbaralar toshdan, pishiq yoki xom gʻishtdan ishlangan. Nekropolga mur-dalar kuydirilib yoki oʻz holicha koʻmilgan. Murdani kuydirmasdan koʻmishning turli xillari boʻlib, murdalar qay holatda yotqizilishi qoʻshib koʻmiladigan asboblarga koʻra, bir-biridan ajralib turadi. Kuydirib koʻmishda murdani kuidirgandagi kulni qabrgatoʻkib yoki biron idishga solib, baʼzan, har xil buyumlar qoʻshib koʻmilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x