NEKROBAKTERIOZ

NEKROBAKTERIOZ, nekrobatsillyoz — uy hayvonlari va koʻpgina yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni Bacterium necrophorum bakteriyasi qoʻzgʻatadi. Bakteriya tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri taʼsirida tez oʻladi. Nekrobakterioz bilan koʻproq qoʻy, sigir, ot, tovuq (aksariyat joʻjalar) kasallanib, odamga xam yuqishi mumkin. Kasallik manbai — kasal hayvonlar. Bakteriya nafas yoʻli va shikastlangan teri yoki shilliq pardalar orqali organizmni zaharlaydi, natijada toʻqimalarda moddalar almashinuvi bu-ziladi va mayda kon tomirlarida tromblar, ichki organlarda esa metastazalar paydo boʻladi. Kasallik katta yoshdagi hayvonlarda surunkali, yoshlarida esa shid-datli oʻtadi. Koʻpincha tuyoqoraligʻi, tuyoqning yumshoq qismlari, qoʻzilarning lablari, burun qanotlari, ogʻiz shilliq pardalari shishib, yara boʻladi. Keyinchalik shu joylarda qon aralash yiringli suyuklik toʻplanib, toʻqimalar iriydi. Kasal hayvon ozadi, oʻladi.

Kasallik epizootologik va klinik maʼlumotlarga asoslanib, bakteriologik tekshirish bilan aniqlanadi.

Oldini olish: hayvonlarni bo-qishda veterinariya-sanitariya qridalariga rioya qilish; ularni toʻlaqonli ozuqalar b-n taʼminlash; mollarni botqoqlangan yaylovlarda boqmaslik. Kasal hayvonlar ajratib olinadi va davolanadi, tuzalishi qiyin boʻlganlari soʻyiladi. Zararlangan organ va toʻqimalar yoʻqotiladi. Goʻshtini cheklovlarsiz isteʼmol qilish mumkin.

Davolash: zararlangan joylar xirurgik yoʻl bilan davolanadi, antibiotiklar, sulfanilamidlar, kasallikning boshlanish davrida kaliy permanganatning 3% li spirtli eritmasi qoʻllanadi. Kasallik tarqalgan xoʻjalikda karantin eʼlon qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x