LAMARK

LAMARK (Lamarck) Jan Batist Pyer Antuan de Mone (1744.1.8, Bazanten, Pikardiya — 1829.18.12, Parij) — fransuz tabiatshunosi, dastlabki toʻliq evolyutsion taʼlimot asoschisi (q. Lamarkizm). Parij FA aʼzosi (1783-y. dan). Parijda tibbiyot va botanikani oʻrgandi (1772—76 y.). «Fransiya florasi» (1778) 3 jildli asarida oʻsimliklar sistematikasining asosiy prinsiplarini bayon qildi. «Oʻsimliklarning tabiiy tarixi» (1803), «Zoologiya falsafasi» (1809) asarlarida oʻzining gradatsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotini asoslab berdi. «Umurtqasizlar tabiati tarixi» asarida (1815—22) hayvonlarni astasekin oddiydan murakkablashib borishi tartibida sistemaga soldi. L. Birinchi marta hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni taklif qildi. U ilk bor «umurtqasizlar» va «biologiya» terminlarini fanga kiritdi, zoopsixologiyaga asos soldi. As: Izbrannыye proizvedeniya, t. 1—2., M., 1955.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x