NEGRUL Aleksandr Mixaylovich

NEGRUL Aleksandr Mixaylovich (1900.25.12, Poltava — 1971.25.7, Moskva) — uzum genetikasi va seleksiyasi sohasidagi olim, q. x. fanlari d-ri (1938), prof. (1940). RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Odessa q. x. in-tini tugatgan (1925). 1926—44 y. larda Odessa vinochilik st-yasida, Uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida (Tbilisi sh.), Butunittifoq oʻsimlikshu-noslik intida (Sankt-Peterburg sh.) uzum seleksiyasi boʻlimi boshligʻi. 1944-y. dan Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi vinochilik va subtropik ekinlar kafedrasi mudiri. Negrul tokning genealogik tasnifini tuzdi. Oʻrta Osiyoda xoʻraki uzumchilikni rivojlantirishga katta hissa koʻshdi, tokning 16 yangi na-vini yaratdi (M. S. Juravel bilan hamkorlikda). Bu navlar Oʻzbekistonda va qoʻshni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Goʻzal qora, VIR muskati, Joʻrauzum, Ertagi VIR, Tarnoye, Oʻzbekiston muskati, Oktyabrsiy, Pobeda va b.). VASXNIL uzumchilik seksiyasining raisi, Italiya uzumchilik va vinochilik akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x