NEGROS

NEGROSFilippin arxipelagining markaziy qismidagi orol. Mayd. 12,7 ming km2. Relyefi, asosan, togʻli. Eng baland joyi 2460 m (Kanlaon vulkani). Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismida vulkan tuproqli unumdor tekisliklar bor. Iklimi subekvatorial, mussonli iqlim. Togʻlar doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. Shakarqamish, sholi, makkajoʻxori ekiladi. Mis rudasi konlari bor. Negrosda Bakolod, Duma-gete, San-Karlos sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x