NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI VA RAZVEDKASI INSTITUTI

NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI VA RAZVEDKASI INSTITUTI — Toshkentdagi yirik i. t. markazi. 1959-y. Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-tining neft geologiyasi va geokimyosi boʻlimi hamda Bu-tunittifoq Neft geologiyasi va razvedkasi i. t. institutining filiali asosida tashkil etilgan. 1969-y. dan Oʻzbekiston Geologiya vazirligi (1991-y. dan Geologiya va mineral resurelar davlat qoʻmitasi) tarkibida boʻlgan. 1995-y. dan «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi kotila.

In-tdagi barcha i. t. ishlari, asosan, 23 lab. va sektorni birlashtirgan 6 ta bulim: regional geol. va tektonika, neft va gaz konlari geol. si, geofizika, neft va gaz geokimyosi, neft va gazli choʻkindi jinslar formatsiyasi, neft va gaz konlarini parmalash boʻlimlarida olib boriladi. Bulardan tashqari, in-t qoshida metodikatajriba partiyasi ham mavjud boʻlib, chu-qur va oʻta chuqur neft konlarini bur-gʻilash texnikasi va texnologiyasi ustida ish olib boradi. Neft-gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi va tarqalish qonuniyatlari ham oʻrganiladi. 1970—71 y. larda SSSRda birinchi boʻlib tabiiy sharoitlarda neft va gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi qonuniyatlari tajribaviy modeli ishlab chiqildi. In-t olimlari tomonidan neft va gaz konlari istiqboliga bagʻishlangan fundamental asarlar, tavsiyanomalar yaratildi. Xorijiy investorlarga Oʻzbekistondagi neft-gaz zaxiralarini ilmiy asoslab berish ishlari amalga oshirilmoqda.

In-tni tashkil qilishda va uning ilmiy yoʻnalishlarini belgilashda olimlardan O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, O. A. Rijkov, Sh. D. Davlatov, I. S. Starobines, A. K. Karimov, U. J. Mamajonov, A. K. Rahimov va b. salmokli qissa qoʻshganlar. In-tda 120 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi (2003). Shulardan 1 akad., 9 fan d-ri, 4 prof., 22 fan nomzodi, ular orasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan neftchi (A. R. Xoʻjayev), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog, Davlat muko-foti laureati (A. T. Ibrohimov), faxriy ixtirochi (A. V. Kirshin, 3. S. Ib-rohimov), birinchi kon kashfiyotchisi (A. Sh. Ibrohimov) unvonlariga ega boʻlganlar bor. In-t xodimlaridan Oʻ. J. Mamajonov, M. K. Turobovlar burgʻilashda ishlatiladigan yangi (KO-4) eritmani kashf etishdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati boʻldilar (1970).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x