NEFT KIMYOSI SANOATI

NEFT KIMYOSI SANOATI — ogʻir sanoatning neft va tabiiy yonuvchi gazlarni kayta ishlash mahsulotlaridan, asosan, sunʼiy materiallar hamda buyumlar ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Neft kimyosi sanoati korxonalarida sunʼiy kauchuk, asosiy organik sintez mahsulotlari (etilen, propilen, polietilen, sirt-aktiv moddalar, benzol, butadiyen, yuvish vositalari, baʼzi mineral oʻgʻitlar), qorakuya, rezina buyumlar (avto-pokrishkalar, rezina-texnika buyumlari va keng xalq isteʼmoli mollari), asbest-texnika buyumlari ishlab chiqa-riladi.

Neftni qayta ishlashning kreking va piroliz kabi yangi usullari joriy etilishi Neft kimyosi sanoatining vujudga kelishiga zamin yaratdi. AQSHda kreking gazidan izopiril spirt (1918), alifatik kimyoviy mahsulotlar (1920), vinilxlo-rid va b. i. ch. oʻzlashtirildi. Oʻzbekis-tonda Toshkent rezina-texnika z-dida (1944), Angren rezina-texnika aksiya-dorlik jamiyatida (1975) sintetik va tabiiy kauchuk, texnik ugleroddan rezina mahsulotlari, avtomobil shinalari, shamollatish shlemlari, kalish va b. maxsulotlar, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasidz. tabiiy gazdan polietilen plyonkalari ishlab chiqariladi.

Neft kimyosi sanoatining taraqqiyoti neftni qayta ishlash miqyosining kengayishi va takomillashishi bilan bevosita bogʻliq (q. Gaz sanoati, Neft sanoati, Neftni ishlash sanoati).

Abdurahim Ortiqov.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x