NEʼMATLAR

NEʼMATLAR — kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga, ularga naf berishga qodir boʻlgan jami narsalar. Neʼmatlar isteʼmol N. lari (kishilarning bevosita ehti-yojlarini qondiradi), resurslar (isteʼmol Neʼmatlarlari i. ch. uchun zarur Neʼmatlar)ga; oʻz tuzilmasiga koʻra, xususiy va ij-timoiy Neʼmatlarga boʻlinadi. Xususiy Neʼmatlar yakka isteʼmol etiladigan, ijtimoiy Neʼmatlar butun jamiyat foydalanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolda cheklash boʻlmagan N. dir (q. Moddip farovonlik). Neʼmatlar isteʼmolga ochikligi jihatidan meʼyoriy (isteʼmolchilarning da-romadlari oʻsishiga qarab isteʼmol qilinishi, talab ortib boradigan N.) va cheklangan (noyobligi yoki miq-dori cheklanganligi sababli i. ch. va taqsimlash zarur boʻlgan N.)ga boʻlinadi. Cheklangan N. ga talab ularning miqdoridan ancha ortiq boʻlgani uchun ham ular narxga ega boʻladi. Havo, quyosh nuri kabilarni istisno qilganda amalda barcha N. cheklangan N. sirasiga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x