NAZAROVA

NAZAROVA Tamara (1925.24.12 – Toshkent — 1998.24.2) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva oʻzbek opera stu-diyasini tugatgan (1946). Oʻzbek davlat filarmoniyasining oʻzbek ashula va rake ansamblida yakkaxon (1940—42), Muqimiy teatrida (1942—55 va 1960 — 71), Namangan teatrida (1955—59) aktrisa. Urush yillari Oʻzbekiston sanʼat ustalari safida front konsert brigadalarida qatnashgan. Nazarova ijrosida nozik lirizm samimiylik bilan uygʻunlashib ketadi. Mohin, Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Toqir va Zuhra»), Noznoz (M. Urdubodiy; S. Rustamov, «Besh soʻmlik kelin»), Natalka (N. Kotlyarevskiy; N. Lisenko, «Poltavalik Natalka»), Rohatoy (K. Yashin; X. Toʻxtasinov, «Oftob-xon»), Qaddirgʻoch, Nurxon (K. Yashin; T. Jalilov, «Alpomish», «Nurxon»), Shirin (A. Navoiy; Yu. Rajabiy, «Farhod va Shirin»), Sunbul (H. Gʻulom; M. Leviyev, «Ajab savdolar») kabi rollari bilan shuxrat qozongan. Nazarova kinoda (Guli, «Alisher Navoiy»; Fotima, «Sen yetim emassan» va b.) ham suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x