NAYZA — 1) sanchish yoki irgʻitish uchun moʻljallangan ov va jang quroli. Paleolit davrida paydo boʻlgan. Ilk Nayza 1,5 dan 5 m gacha uzunlikdagi yogochdan uchi oʻtkir qilib yasalgan. Dastlab Nayza uchiga oʻtkir tosh, keyinchalik suyak sanchqi mahkamlangan. Jez davrida Nayza sanchqisi metalldan yasalgan. Qoʻllanilishiga qarab Nayzaning uzunligi turlicha boʻlgan: irgʻitiladigan Nayzalar kalta, piyoda askarlar N. si oʻrtacha, otliq askarlar N. si uzun boʻlgan. 19-a. da miltiq uchiga sanchqisimon (uchlik) va pichoqsimon (taktik) Nayzalar oʻrnatilgan. Nayza jaxrn xalqlarining deyarli hammasida keng tarqalgan;
2) yengil atletikada qoʻllaniladigan asbob.