LIMON KISLOTA

LIMON KISLOTA, 2-gidroksi-1,2,3 — propantrikarbon kislota (NOOSSN2)2 (SON)SOON – uch asosli organik kislota; tiniq kristallardan iborat rangeiz, hidsiz modda. Mol. m. 192,12, zichligi 1,665 kg/m3, suyuqlanish t-rsi 153,5°. Suv va spirtda yaxshi, koʻpchilik organik erituvchilarda yomon eriydi. 175° da bir molekula suv ajralib, akonit va 3-ketoglutar kislotalar aralashmasi hosil boʻladi. Limon kislota hujayra nafasini yuzaga chiqaradigan biokimyoviy reaksiyalar sistemasida zarur komponentdir (q. Trikarbon kislotalar sikli). L. k. ning boshka funksiyalaridan biri organizmda kislota-ishqor muvozanatini saqlashdan iborat. Limon, krijovnik, malina, uzum va b. mevalarda uchraydi. Sitrus mevalarida 6—8%, tamaki barglarida 8—14%, gʻoʻzapoyada, baʼzi madaniylashtirilgan bakteriyalar suyukliklarida 10% gacha Limon kislota boʻladi. Sanoatda shakarni Aspergillus niger shtammi b-n bij-gʻitib, shuningdek, tamaki barglaridan (nikotinni ajratib olingandan soʻng) olinadi. Limon kislota va uning tuzlari oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda, metallar yuzalarini qurum va zangdan tozalashda va organik sintezda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x