NAYCHA

NAYCHA — 1) chakka (soch)ga taqiladigan ayollar taqinchogʻi; bosma usulida gullar bilan bezatilgan yupqa metall yaproqcha oʻrami (nay shakli) dan iborat; oʻrta qismiga feruza koʻzli yirik dumaloq munchoq oʻrnatilgan, Naychaning 2 cheti feruza koʻzlar qatori bilan hoshiyalangan; atrofi va oʻrtasidan shokila (marjon, yaproqcha, baʼzan tanga)lar osilgan. Naychadan chakkadagi soch tolalarini qistirib qoʻyish uchun foydalaniladi;

2) zargarlikda soch-popukka. taqiladigan kumushdan yasalgan naysimon boʻlak; N. yuzasi bosma islimiy naqshlar bilan bezatilgan, yuqori qismi qubbali, qubba atrofi emal yoki feruza koʻzlar bilan oʻralgan; quyi qismi kengayib borib 4 ta boʻlak (parrak)ga ajraladi. Naycha orasidan oʻrilgan (eshilgan) qora iplar (soch) tutami oʻtkaziladi;

3) chakka va boshga taqiladigan taqinchoqlarning pat, ukpar oʻrnatish uchun kilingan qismlari ham Naycha deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x