Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabdi-da, ko‘rsatgich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Navoiy ham shu barmog‘i bilan tilini ko‘rsatibdi. Husayn Boyqaro boshini chayqabdi-da, saroyga kirmay qaytib ketibdi.
Bu voqeani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoraning sababini so‘rabdilar. Navoiy:
— O’zlaring o‘ylab topinglar, — deb aytmabdi. Shogirdlar o‘ylab-o‘ylab hech topisholmabdi. Ulardan biri Navoiyni so‘zlatish maqsadida siyohdonni ag‘darib yuboribdi.
Shunda Navoiy:
— Abdullatif, nega buncha xayol parishon bo‘lmasangiz. Siyohdon ag‘darildi-ku, — debdi.
— Kechiring ustoz, — debdi shogirdi.— Haligi muammoning sababini o‘ylab, xayolim qochibdi.
Navoiy aytishga majbur bo‘libdi:
—Husayn Boyqaro: «Boshga baloni nima keltiradi?» — deb so‘radi, men «til» deb javob berdim.
Shogirdlar Navoiyning ziyrakligiga yana bir marta qoyil qolibdilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые