NAVOIY TUMANI

NAVOIY TUMANINavoiy viloyatidagi tuman (1926—58 y. larda Karmana, 1962-y. dan hoz. nomda. 1980-y. da Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988-y. da qayta qoʻshilgan, 1992-y. da yana ajralgan). 1999-y. da Karmana sh. Navoiy sh. tarkibiga qoʻshilganligi munosabati b-n, tuman markazi Malikrabot shaharchasiga koʻchirildi. Navoiy tumani Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan. Shim. dan Navbahor tumani, gʻarbdan Qiziltepa tumani, sharkdan Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, jan. dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 0,95 ming km2. Aholisi 69,5 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolar yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Narpay, Uyrat, Yangiariq, Hazora), 1 shaharcha (Malikrabot) bor.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon vohasida joylashgan. Jan. hududlari adirlarga tutashib ketadi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,4°, iyul oyining oʻrtacha t-rasi 28,9°. Tuman hududidan Zarafshon daryosi oqib oʻtadi (65 km masofada). Tuproklari, asosan, madaniylashgan oʻtloki, oddiy boʻz tuproqlar. Tabiiy oʻsimliklardan jiyda, shuvoq, oq va qora saksovul, juzgʻun, cherkez, quyonsuyak, segin, iloq, yantoq, capsazan, yetmak, jingil, tol, qamish, yulgʻun, yovvoyi jiyda va b. bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, turli xil kaltakesaklar, oʻrgimchaklar, qoʻshoyoq, tipratikan, ilonlar, qushlardan loyxoʻrak, oʻrdak, xoʻjasavdogar, chumchuq, mayna, qargʻa kabilar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (99,7%); shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 73 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Xalq xoʻjaligida band boʻlgan 25,1 ming aholining asosiy qismi q. x. da ishlaydi. Malikrabot shaharchasida meva-sabzavot konservalash sexi (quvvati 3 mln. t shartli banka) mavjud. Navoiy tumanida 740 ga yaqin kichik, 55 qoʻshma, 10 shirkat korxonalari, parrandachilik f-kasi faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman yer fondi 94,9 ming ga, shundan 22,5 ming ga yer sugʻoriladi, 16,7 ming ga ekinzor, 27,7 ming ga q. x. da foydalanmaydigan yerlar, 469 ga bogʻ, 390 ga tokzor, 264 ga tutzorlar, 735 ga boʻz yerlar, 45 ming ga yaylov, 2 ming ga tomorka yerlari, 762 ga bogʻ va sabzavotchilik uyushmalari yerlari, 720 ga meliorativ yerlar mavjud. Navoiy tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 2 agrofirma, 2 ta fermer uyushmasi bor. 8,9 ming ga yerga paxta, 6,6 ming ga yerga boshokli don, 195 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Ekinzorlarini sugʻorish uchun suv, asosan, Zarafshon daryosidan magistral kanallar va nasos kurilmalari yordamida olinadi. Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 23,7 ming kora-mol, 46,1 ming qoʻy va echki boqiladi. Tumanda oʻrmon xoʻjaligi bor. Qorakoʻlchilik, ipakchilik bilan ham shugʻullaniladi. Asosiy transport vositasi — avtomobil transporti. Avtomobil yoʻllarining uz. 600 km dan ziyod (shundan 98 km respublika ahamiyatiga molik). Jami avtomobil yoʻllarining 215 km asfalt bilan qoplangan. Navoiy — Uchquduq t. y. tuman hududini 11 km masofada kesib oʻtadi. Navoiy tumanida Navoiy shahar aeroporti joylashgan.

Tumandagi 24 umumiy taʼlim maktabida 17169 oʻquvchi taʼlim oladi, 6 qishloq madaniyat uyi, 1 markaziy, 24 tarmoq, 1 bolalar kutubxonasi (kitob fondi 242139 nusxa) faoliyat koʻrsatmoqda. Markaziy kasalxona (295 oʻrin), 13 ambulatoriya-poliklinika, 8 dorixona va b. tibbiy muassasalarda 125 vrach, 517 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (har 10 ming aholiga 16,1 vrach, 69,9 tibbiy xamshira, 9,3 davolanish joyi toʻgʻri keladi). 1931-y. dan «Navoiy ovozi» gaz. chop etiladi (adadi 710 nusxa).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x