NAVOIY KONCHILIK INSTITUTI — kon-metallurgiya sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan davlat oliy oʻquv yurti. Navoiy sh. da joylashgan. In-t 1995-y. da «Qizilqumnodirmetalloltin» davlat konserni koshida tashkil etilgan. In-t tarkibida konchilik, kimyo-metallurgiya, energomexanika, Zarafshon umumtexnika (Zarafshon sh. da) va Olmalik, konmetallurgiya (Olmaliq sh. da) f-tlari va 21 kafedra mavjud boʻlib, 10 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar (2 kasbiy taʼlim; menejment; elektroenergetika; metallurgiya; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik i. ch. jihozlari va ularni avtomatlashtirish; kimyoviy texnologiya; konchilik ishi; avtomatlashtirish va boshqaruv; kon elektromexanikasi) va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar (rangli va nodir metallar metallurgiyasi; foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish; foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish; foydali kazilmalarni boyitish; kasb-hunar fanlarini oʻqitish metodikasi) tayyorlanadi. In-t qoshida internat litseyi faoliyat koʻrsatadi. 2002/2003 oʻquv yili intda 2,5 mingga yaqin talaba oʻqidi; 7 fan d-ri va prof., 44 fan nomzodi va dotsent ishladi. In-t olimlari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlari b-n oʻquv jarayonini takomillashtirish va i. t. ishlarini hamkorlikda olib borish boʻyicha aloqalar oʻrnatgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые