NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI (Navoiy KMK) – «Qizilqumnodirmetalloltin» davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958-y. da tashkil topgan. K-tda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha boʻlgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi.

K-t tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod,Muruntov konidan oltin rudalari qazib olish. sh. lari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy obyektlar bor.

Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq sh.) 1958-y. da barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; «Koʻkpatas» konining tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishini tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon sh.) — Muruntov noyob oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-y. da barpo etilgan. 1967-y. ning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi (Nurobod sh.) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-y. ning yanv. oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini i. ch. ; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshkalar i. ch.). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod sh.) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-y. ning fev. ida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-y. da Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-y. da Chovli uran konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-y. dan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-y. ning okt. da k-t boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon sh.) — 1992-y. da OʻzbekistonAmerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996-y. dan k-t boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash); «Agama» davlat trikotaj firmasi — 1990-y. da xalq isteʼmoli mollarini i. ch. va sotish boʻyicha qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-y. dan boshlab ustki trikotaj buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning shoʻba korxonasi; Zarafshon qurilish boshkarmasi — 1967-y. da tashkil topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari z-di, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, i. ch.texnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va t. y. lari qurilishini olib boradi; Kizilqum fosforit majmuasi — maʼdan kazib olish va fosforit unini i. ch. boʻyicha korxonaning 1navbati 1998-y. da ishga tushirildi. 2001-y. ning avg. oyidan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqaradi va uni Samarqand kimyo z-di hamda Olmaliq «Ammofos» aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib beradi.

Oʻzbekiston mustakillikka erishganidan soʻng mamlakatda oltin va uran qazib olish sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy KMKda Uchqudukda oltin ajratib olish majmuasi, 3gidrometallurgiya z-di va Koʻkpatas hamda Davgʻiztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular ishga tushirildi, «Zarafshon-Nyumont» qoʻshma korxonasi barpo qilindi, emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi z-d qurildi.

Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi yillarida oltin i. ch. 1,5 baravar koʻpaydi. Ishlab turgan korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin i. ch. samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi.

K-t Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan uzok muddatli mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Navoiy KMK «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2000). K-t direktori Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati Kucherskiy va ekskavator mashinisti A. I. Paninga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan, koʻpgina xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari bilan mukofotlangan.

Ad.: Kucherskiy Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati, Flagman industrii nezavisimogo Uzbekistana, T., 1997; Kucherskiy Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinatii dr., Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat: istoriya sozdaniya i razvitiya, T., 2002.

Nikolay Kucherskiy.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x