NAVOIY ELEKTRKIMYO ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI

NAVOIY «ELEKTRKIMYO ZAVODI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi eng yirik kimyo k-tlaridan biri. «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari (gerbitsidlar, insektoakaritsidlar, zootsidlar, oʻsishni boshqaruvchi moddalar), atsetilen qurumi, aktivlashtirilgan koʻmir, oddiy superfosfat, sirka kislotasi, A, V markali etilatsetat, metil-atsetat, suyuq shisha, xalq isteʼmol mollari — osh tuzi, yodlangan osh tuzi va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Korxona 1971-y. Navoiy kimyo kombinati tarkibidan Navoiy elektrkimyo kombinati direksiyasi sifatida ajralib chiqdi. 1972-y. korxonani kengaytirish uchun Navoiy tumanida 935 ga yer ajratildi va uning 1 – navbatini loyihalashtirish ishlari boshlandi. Dastlab xlororganik moddalar i. ch. ga moʻljalangan. 1976-y. dan korxona oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. 1976—80 y. da uning birinchi navbati qurildi. 1980-y. da birinchi mahsulot — kotoroy gerbitsidi ishlab chiqarildi. K-t 1981-y. dan Navoiy «Elektrokimyo zavodi» deb nomlandi, 1994-y. dan yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 1996-y. dan Navoiy «Elektrkimyozavodi» aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekiston-Panama qoʻshma korxonasi. Taʼsischisi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi.

Korxona respublikadagi oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalarni tayyorlovchi yagona korxonadir. Korxona faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi q. x. ning kimyoviy vositalarga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. 1996-y. dek. oyida Fransiyaning «Speyshim» firmasi bilan hamkorlikda yillik quvvati 10 ming t boʻlgan fozalon i. ch. liniyasi ishga tushirildi, mevali ekinlardagi oʻsimlik biti, kana, Kolorado koʻngʻizi va b. zararkunandalarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan fozalon insek-toakaridsidini i. ch. yoʻlga qoʻyiddi.

2000—2002-y. davomida chetdan olib kelingan xom ashyolardan 30 turdagi oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyo vositalari ishlab chiqarildi.

Korxona koʻp yillardan buyon Shveysariyaning «Singenta», «Dalston», Germaniyaning «Lurgi», Yaponiyaning «Sumitomo», Xitoyning Xunan eksport-import korporatsiyasi, «Delyan», Buyuk Britaniyaning «Dau Agrosains» firma va kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.

Rixsivoy Yoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x