NAV

NAVseleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi. Oʻsimliklarning jaydari (mahalliy) va seleksiya yoʻli bilan yetishtirilgan Nav lari boʻladi. Jaydari (mahalliy) Nav maʼlum bir joyda ekin yetishtirishda uzok, davom etgan yalpi tanlash natijasida yuzaga keladi (q. Xalq, seleksiyasi). Seleksiya Navi i. t. muassasalarida oʻsimliklar seleksiyasining turli ilmiy usullarini qoʻllab olinadi. Tanlash yoʻli bilan Nav ichida biologik barqarorlik (oʻsimliklarning bir tipda boʻlishi) yuzaga keltiriladi. Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda Nav oʻzidan changlanish yoʻli bilan (gomozigot liniya, q. Gomozigotapik), chetdan changlanadigan ekinlarda chetdan changlanish b-n va birinchi avlod gete-rozigot duragaylarida har yili duragaylab turish yoʻli bilan saqlanib boradi (geterozigot liniya, q. Geterozigo-talik). Seleksiya yoʻli bilan chiqarilgan Nav oʻz sifatlarini bir kancha avlodlar davomida saklab boradi. Biroqi. ch. jarayonida irsiy oʻzgaruvchanlik tufayli salbiy mutatsiyalar paydo boʻlishi, mexanik va biol. ifloslanish, oʻsimliklarning kasalliklarga chidami pasayib qolishi va b. natijasida Nav xususiyatlari asta-sekin oʻzgarib boradi. Engyaxshi Navdan foydalanish q. x. ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning samarali usullaridan biridir. Buning uchun elita urugʻlari kerak boʻladi, bunday urugʻlarni urugʻchilik xoʻjaliklari yetishtirib beradi. Oʻsimliklar Nav larining haqiqiyligi nav nazorati yordamida aniklanadi. Eski Nav yangilari bilan almashtirib turiladi, yaʼni nav almashtirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda i. t. muassasalarida yaratilgan barcha ekinlar Navlari Davlat nav sinovidan oʻtkazilib, eng yaxshilari i. ch. ga joriy etish uchun ajratib olinadi. Har yili ekish uchun tavsiya etiladigan Navlar roʻyxati respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Re-publikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xujaligi ekinlari davlat reyestrida eʼlon qilinadi.

Ad.: Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari taʼrifi, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x