NASRIDDINOV

NASRIDDINOV Latif (1918 – Toshkent — 1943) — 20-a. oʻzbek rangtasvirchi rassomlaridan. Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934 — 38). Natyurmort, portret janrida ijod qilgan. Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Rassom asarlarida shaxslar oʻychan holatda tasvirlangan («Ota portreti», 1938 va b.), boʻyoq qatlami qalin ishlatilgan xamda puxta va pishiq yotqizilgan, tasvir shakli va ranglar jozibali va ifodali boʻlishi vositasida badiiy obrazlar yaratishga erishgan («Ona» portreta, 1940; «Avtoportret», 1942 va b.). Natyurmortlar, lavhalar, «Layli va Majnun uchrashuvi», «Layli iztirobi», «Majnun sahroda», «Majnun oʻlimi» kabi kompozitsiyalar yaratgan. Asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x