NASRIDDINBEK

NASRIDDINBEK, Nasriddin xon (1850, Qoʻqon —1876-y. dan soʻng, Toshkent) , — Qoʻqon xoni (1875-y. iyul—okt.). Andijon xrkimi (1865 — 75). Xudoyorxonning katta oʻgʻli. «Poʻlat-xon» qoʻzgʻoloni davrida Abduraxmon of-tobachi boshliq bir necha amaldorlar tomonidan otasiga qarshi uyushtirilgan fitnada qatnashgan va Toshkentga qochib ketgan Xudoyorxon oʻrniga xon qilib koʻtarilgan. K. P. Kaufman 1875-y. 22 sent. da Nasriddinbekni Margʻilonda ogʻir shartlar bitilgan shartnomaga imzo chekishga majbur qiladi. Unga koʻra, Nasriddinbek oʻzini Rossiya vassali deb tan olgan. Sirda-ryoning oʻng sohilidagi yerlar Namangan va Chuyet sh. lari bilan birga Rossiya ixtiyoriga oʻtishi va 2 mln. rubl miqdorida kontributsiya (tovon) toʻlanishi lozim boʻlgan. Mazkur bitimdan norozi boʻlgan xalq qoʻzgʻolon koʻtargan va 9 okt. da qoʻzgʻolonchilar Qoʻqonni egallashgan. Nasriddinbek Xoʻjand orqali Toshkentga kelgan. N. Andijonda muhtasham Madrasa va jome masjidi qurdirgan.

Ad.: Mirzaolim Mushrif, Qoʻqon xonligi tarixi, T., 1995; Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x