NASL UCHUN GʻAMXOʻRLIK

NASL UCHUN GʻAMXOʻRLIK — qayvon larning oʻz naslini yashab krlishi va rivojlanishini taʼminlash uchun eng qulay sharoit yaratishidan iborat fa-oliyati. Oddiy holda Nasl uchun gʻamxoʻrlik pana joy tanlash va oziq toʻplashdir. Mac, ayrim pardaqanotlilar falajlangan hasharot tanasiga tuxum qoʻyadi. Hasharot tuxumdan chiqqan lichinka uchun oziq boʻladi. Nasl uchun gʻamxoʻrlikning nisbatan mukammal shakli naslni passiv va aktiv parvarish qilishdan iborat. Birinchi holda ona yoki ota organizm tuxumlari yoki yosh naslini terisidagi maxsus chu-qurchalari, teri burmalari, xaltalarida olib yuradi. Nasl uchun gʻamxoʻrlikning bu shakli ayrim ignaterililar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, chayonlar, oʻrgimchaklar, baliklar (dengiz otchasi, igna baliq), suvda va quruklikda yashovchilar (doya qurbaqa, pipa), tuban sut emi-zuvchilar (yexidna, xaltalilar) uchun xos. Aktiv Nasl uchun gʻamxoʻrlikda voyaga yetgan organizmlar pana joy quradi; bolalarini oziqlantiradi, isitadi, himoya qiladi va parvarishlaydi. Koʻpchilik qushlarning modasi yirtqich hayvonni turli yoʻllar b-n aldab, bolalari va tuxumlari turgan joydan uzoqroqqa olib ketishga harakat qiladi. Tuyokli hayvonlar podasi yosh hayvonlarni oʻrab olib, ularni yirtqichlardan himoya qiladi. Evolyutsiya jarayonida Nasl uchun gʻamxoʻrlik naslning yashab qolish imkoniyatini oshiradi; ortiqcha serpushtlikka barham beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x