NASAIY

NASAIY, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr al-Xurosoniy (827, Naso/ Niso sh. — 915) — muhaddis, eng ishonchli 6 ta hadis toʻplamidan biri («Sunani Nisoiy»)ning muallifi. 15 yoshida Xijoz, Iroq, Shom, Misr va b. mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta oʻzlashtiradi. Damashqda umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida qoladi. Bir rivoyatga koʻra, Makkada, boshqasiga koʻra, Baytil-Maqdis (Quddus)da vafot etadi. «As-Sunan al-kubro» («Katta sunan») toʻplami uning shoh asari hisoblanadi. Bundan tashqari, «as-Sunan as-sugʻro» («Kichkina sunan») yoki «al-Mujtabo» («Saylanma»), «al-Xasois» («Xususiyatlar»), «Fazoil as-saxrba» («Saxrbalarning fazilatlari»), «al-Manosik» («Marosimlar») va b. kitoblarni ham yozib krldirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x