NARZULLOYEV Axmat Imidovich

NARZULLOYEV Axmat Imidovich (1956.15.3, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — muhandis-texnolog, Uzbe-kiston Qahramoni (2003). Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1979-y. dan Sari-osiyo tumanidagi Shargʻun gʻisht z-dida katta ustalikdan boshlagan. 1981—86 y. larda shu z-d direktori, Denov eksperimental i. ch. korxonasi direktor oʻrinbosari (1986— 90), 1991-y. dan Denov tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan «Lochin» fermer xoʻjaligi boshligʻi. Yaylovlari 100 gektar bulgan fermer xoʻjaligida 2000—2003-y. larda koramollar soni 1100 boshdan 1800 boshga yetkazildi. Goʻsht va sut yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shuningdek, xoʻjalikda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan molxonalar, sutni qayta ishlovchi kichik z-dlar quriddi. 2000-y. da rentabellik darajasi 63%ni, 2003-y. da 175%ni tashil etdi. Narzulloyev tashabbusi va koʻmagi bilan hududda bolalar sporti majmualari, zamonaviy vrachlik punktlari va kichik korxonalar qurilishi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam kabi xayrli ishlar amalga oshiriddi. «Mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x