NARVAL

NARVAL (Monodon monoceros) — delfinlar oilasiga mansub dengiz sut emizuvchisi. Shu urugʻning yagona turi. Uz. 6,1 m, vazni 1 — 1,5 t gacha. Boshi yumaloq. Terisining rangi oqish, qrra dogʻlari bor. Erkaklari, baʼzan urgʻochilarining yuqori jagʻi chap tomonida 3 m gacha uzunlikda bitta tishi rivojlanadi (shuning uchun baʼzan «bir shox-li» deb ataladi). Bu tishi yordamida zarur boʻlganida muzni teshishi mumkin. Tishlari boʻlmaydi. Arktikada yashaydi. Baʼzan Yangi Yer, Frans-Iosif yeri va Chukot dengizida ham uchraydi. Boshoyokli mollyuskalar va baliklar bilan oziklanadi. Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x