Narimon Majitovich Umarov


Post Views:
169

Narimon Majitovich Umarov
Narimon Majitovich Umarov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial — demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Majitovich Umarov 1952 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1974 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muxandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1974 yilda “Gidroingeo” Ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. U sug‘orilayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq gidrogeologik prognozlarni ishlab chiqish, yer osti suvlaridan iqtisodiyotda oqilona foydalanish yo‘nalishida tadqiqotlar olib bordi.

1997–2009 yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab, atrof tabiiy muhit holatini monitoring qilishda yagona davlat tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshqargan.

2009–2013 yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.

2009 yildan “Ekosan” ekologiya va salomatlik Xalqaro xayriya jamg‘armasining boshqaruvi raisi, 2013 yildan O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi etib saylangan. Egallab turgan lavozimida davlat hokimiyati vakillik organlarida “Adolat” SDP deputatlik guruhlarining faoliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.

2014 yilda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi, 2015 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oilali. Uch nafar farzandning otasi. Rafiqasi X.Xo‘jayeva – pensioner.

2012 yilda N.Umarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Manba

https://shosh.uz/uz/narimon-majitovich-umarov-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x