Nargiz — Kishmish

Qishda pishib kishmishlar,
Ko`cha to`la mish-mishlar,
Lek aniq bilmasmishlar –
“Yorim o`ziga topibdi yor”.

Topsa-topar manga ne,
Mani qo`ygin, sanga ne,
Aniq bilmaganga ne?
“Yorim o`ziga topibdi yor”.

Tili bilan yurganlar,
Yo`q narsani ko`rganlar,
Yuzma-yuz yuz burganlar,
O`z hayotingizni yashang.

Muzlatmang bahorlarni,
Avjda uzmang torlarni,
Ayirmangiz yorlarni,
O`z hayotingizni yashang.

Topganlar omon bo`lar,
Bizga ham zamon bo`lar,
Biz topsak yomon bo`lar,
Yorim o`ziga topibdi yor.

Bizdan yomon bo`lmasin,
Eshitmasin, ko`rmasin,
Chidolmaydi o`zgasi,
Yorim o`ziga topibdi yor.

Tili bilan yurganlar,
Yo`q narsani ko`rganlar,
Yuzma-yuz yuz burganlar,
O`z hayotingizni yashang.
Muzlatmang bahorlarni,
Avjda uzmang torlarni,
Ayirmangiz yorlarni,
O`z hayotingizni yashang. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x